Bosh sahifa/Rouming
Dunyoning ko'plab joylarida, boshqa mamlakatda yoki boshqa shaharda Rouming xizmati yordamida mobil telefoningizdan har doim foydalanishingiz mumkin!
Jo‘nab ketishdan avval do‘stlaringiz va yaqinlaringizga boshqa mamlakatlar va shaharlarda sizning mobil raqamingiz avvalgidek qolishini va o‘z shahringizda bo‘lgani kabi qo‘ng‘iroq qilish kerakligini tushuntiring.
Yuridik shaxs tizimidagi korporativ mijozlar xalqaro rouming xizmatini yoqishi uchun Sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga yoki 0628@beeline.uz pochtasiga ariza xati bilan murojaat qilib, 842 000 so’m miqdordagi kafolat to’lovini amalga oshirishi lozim (421 000 so’m xalqaro rouming xizmatini yoqish uchun va 421 000 so’m xalqaro aloqa xizmati uchun). Xalqaro rouming xizmatini yoqtirganingizdan so’ng chet elda boshqa davlatlarga qo’ng'iroq qilishingiz mumkin bo’ladi
Hurmatli mijozlar!
27-fevraldan samolyot bortida rouming xizmatidan foydalanish uchun hamkor tarmoq orqali ro‘yxatdan o‘tish vaqtincha cheklanadi. Xizmatni qayta tiklash muddati hozircha belgilanmagan.
Beeline rouming xizmati endi samolyot bortida!
Siz hatto samolyot bortida muloqot qilishingiz mumkin.
Chet el sayohatiga chiqishdan avval hisobni to'ldirishni unutmang, sababi, sayohatda hisobni to’ldirish qiyinroq bo'lishi mumkin.
Yuridik shaxs tizimidagi korporativ mijozlar xalqaro rouming xizmatini yoqishi uchun Sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga yoki 0628@beeline.uz pochtasiga ariza xati bilan murojaat qilib, 842 000 so’m miqdordagi kafolat to’lovini amalga oshirishi lozim (421 000 so’m xalqaro rouming xizmatini yoqish uchun va 421 000 so’m xalqaro aloqa xizmati uchun).
Roumingda postpaid mijozlarini tariflanishi rouming-hamkordan (TAP fayllari) billing ma’lumotlarini olish vaqtiga qarab 30 kungacha kechikish bilan amalga oshiriladi.
Shuni ma’lum qilamizki, LTE/4G (3GPP) texnologiyasining xususiyatlari tufayli 4G ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilma, qurilmada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uzatish sozlamalaridan qat’i nazar, 1 KB hajmdagi maʼlumot uzatish paketlarini uzatishni vaqti-vaqti bilan boshlashi mumkin. Agar siz ma’lum bir kunda mobil internetdan foydalanishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, qurilmani faqat 2G/3G tarmog‘ida ishlash rejimiga o‘rnatish va ma’lumotlar uzatishni o‘chirish tavsiya etiladi.
Manzilga yetib borganingizdan so’ng telefoningiz mahalliy uyali aloqa operatori tarmog’ida ro’yxatdan o’tganiga ishonch hosil qiling. Agar aloqa bo'lmasa, telefoningizni o’chirib yoqing – u avtomatik tarzda «Beeline» abonentlariga rouming xizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlardan birida qayd etiladi. Ekranda mahalliy uyali aloqa operatorining kodi yoki nomi paydo bo’ladi.
Agar unday bo’lmasa, telefoningiz menyusidan “vruchnuyu” rejimida tarmoqni tanlang (apparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga qarang).
Android uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Другие сети -> Мобильные сети -> Операторы сети -> Поиск сетей
iOS uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Сотовая связь -> Выбрать сеть -> выключить Автоматически -> Выбрать оператора
Buning bir qancha yo’llari mavjud:
• Bizga Telegram orqali yozing: https://t.me/B2B_BeelineUz_Bot
• https://beeline.uz/uz/about/contacts havolasi bo'yicha o'tib, onlayn chat orqali biz bilan bog'laning
• 0628@beeline.uz elektron pochtasiga xat yuboring, qisqa vaqt ichida biz siz bilan bog’lanamiz.
• (+998 90) 185 00 55 raqamiga qo’ng’iroq qilib bizning qo’llab-quvvatlash markazi bilan bog’laning. MChJ «Unitel» mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga qo’ng’iroqlar «O’zbekistonga chiquvchi qo’ng’iroq» narxi bo’yicha baholanadi
Safarda telefon raqamlarini xalqaro formatda terish kerak: + [mamlakat kodi] [shahar kodi] [telefon raqami]
Masalan, O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish uchun raqamni quyidagicha terish kerak: +998 [shahar kodi] [telefon raqami]
Mobil telefonga qo’ng’iroq qilish yoki SMS yuborish uchun quyidagicha terish kerak: +998 [operator kodi] [telefon raqami]
Agarda siz Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston chegaralariga yaqin hududlarda istiqomat qilsangiz, sizning telefoningiz avtomatik tarzda ushbu davlatlarning operator tarmoqlariga ulanib qolishi mumkin.
Telefoningiz xorijiy operator tarmog’ida avtomatik tarzda ro’yxatdan o’tishini kamaytirish maqsadida, sozlamalar bo’limida Beeline Uz tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz

