Beeline Target SmartCall xizmatini taqdim etadi - biznes uchun avtomatlashtirilgan maqsadli qo‘ng‘iroqlar
Xabarlar6 Aprel
1 min.

Endi mijozlarni xabardor qilish oson, tez va aniq. Target SmartCall ortiqcha xarajatlar va xatolarsiz to‘g‘ri auditoriyaga yetib borishga yordam beradi.
Target SmartCall nimalarni taklif etadi:
• Aniq segmentatsiya: mijozlarni yosh, jins, daromad, qiziqishlar, geolokatsiya va boshqa mezonlar bo‘yicha tanlang.
• Shaxsiylashtirilgan ovozli xabarnomalar: har bir mijoz o‘z profiliga mos, dolzarb ma’lumotni oladi.
• Xarajatlarni kamaytirish: faqat maqsadli qo‘ng‘iroqlar, samarasiz ommaviy qo‘ng‘iroqlar yo‘q.
• Konversiyani oshirish: har bir kampaniyadan ko‘proq javob va natija.
Target SmartCall - bu shunchaki qo‘ng‘iroqlar emas, balki aniq kommunikatsiya va biznesingiz samarali o‘sishi uchun vositadir.