Beeline Business korporativ mijozlar uchun JShShIR qo‘shish imkoniyatini ishga tushirdi
Xabarlar
Beeline Business korporativ mijozlar uchun yangi imkoniyat joriy etilganini ma’lum qiladi – endi foydalanuvchilar o‘z telefon raqamiga JShShIR qo‘shishlari mumkin.
JShShIR ma’lumotini qo‘shish shaxsni tasdiqlash talab etiladigan bank ilovalari, fintex-servislar va boshqa raqamli xizmatlardan foydalanishda foydalanuvchini to‘g‘ri identifikatsiya qilish imkonini beradi.
Yuridik shaxs JShShIR qo‘shishi uchun Beeline Uzbekistan korporativ bo‘limiga murojaat qilishi lozim. Ofisda hujjatlar to‘plamini to‘ldirish talab etiladi. Ofis mutaxassislari hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha maslahat berishadi. Diqqatingizni shunga qaratamizki, hujjatlar tashkilot muhri hamda tashkilot nomidan imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlanishi shart.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni 0628 raqami, 0628@beeline.uz elektron pochtasi yoki tashkilotingizga biriktirilgan mas’ul shaxs orqali olishingiz mumkin.
