Biznes uchun yangi Infinity korporativ tariflari
Xabarlar24 Oktyabr
1 min.

Beeline kompaniyalarning zamonaviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaratilgan Infinity korporativ tariflar to‘plamini taqdim etadi.
Endi jamoangiz doimo aloqada bo‘ladi — cheklovlarsiz va ortiqcha xarajatlarsiz.
Infinity tariflariga quyidagilar kiradi:
- Cheksiz Telegram — cheklovlarsiz muloqot qiling, fayllar almashing va jarayonlarni boshqaring.
- Beepul orqali foizsiz o‘tkazmalar — Beepul ilovasida 40 million so‘mgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazing.
- Cheksiz qo‘ng‘iroqlar — aloqa uchun qo‘shimcha xarajatlarsiz.
- Cheksiz tungi internet — ish vaqtidan tashqari ishlaydigan yoki vazifalarni bajaradiganlar uchun.
Infinity — bu shunchaki aloqa emas, balki biznesingizning barqaror ishlashi va o‘sishi uchun ishonchli vositadir.
Shuningdek, 2025-yil 10-noyabrdan boshlab postpaid to‘lov tizimining “Lider” tarif rejalariga ulanish va o‘tishlar mavjud bo‘lmaydi.
