Hurmatli mijozlar!
Xabarlar17 Aprel
1 min.

2026-yil 27-apreldan boshlab raqamni saqlash muddati va abonent to‘lovini yechish tartibi o‘zgaradi.
Agar raqamda faollik va hisobingizda mablag‘ mavjud bo‘lsa, abonent raqamingiz 365 kungacha nomingizda saqlab qolinadi.
Abonent raqamingizni saqlab qolish uchun aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan tranzaksiyalarni bajarishingiz lozim.
Abonent to‘lovi faqat hisobingizda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lgandagina yechib olinadi.
Abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hisobingizdan pul yechilmaydi – balans minusga kirmaydi.
Aloqa xizmatlaridan foydalanishdan oldin *202# USSD-buyrug‘i orqali yoki hambi ilovasida abonent to‘lovi yechilganini tekshirish tavsiya etiladi.
