"Kurator" — hambi ilovasida yangi imkoniyatlar
Xabarlar
Korporativ aloqa haqidagi barcha ma’lumotlar - yagona hambi ilovasida.
Endi hambi ilovasida korporativ raqamlarni boshqarishning qulay - shartnoma bo‘yicha "Kurator" roli usulidan foydalanish mumkin.
Tashkilotning vakolatli xodimi ofisga yoki aloqa markaziga qo‘shimcha murojaat qilmasdan ilova orqali quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
📱 shartnoma bo‘yicha barcha raqamlar va ularning joriy holatini ko‘rish; ·
📊 shartnoma doirasida har bir raqam bo‘yicha tariflar, mavjud paketlar hajmi va ulangan xizmatlarni tekshirish; ·
💰 shartnoma bo‘yicha joriy balansdan xabardor bo‘lish; ·
🧾 taqdim etilgan hisoblarni ko‘rish va ularni e-mail orqali olish; ·
🎁 Kompaniyadagi yangi aksiyalar, maxsus takliflar va muhim yangilanishlar haqida xabardor bo‘lish.
"Kurator" roli orqali kirish huquqiga ega bo‘ling va telefoningiz orqali shartnomangizdagi raqamlar bilan nima bo‘layotganini kuzatib boring.
Foydalanishga ruxsat olish uchun Beeline Uzbekistan korporativ bo‘limida qo‘shimcha shartnoma tuzish kerak.