Biznes uchun muddatli to‘lovga smartfonlar!

Xabarlar
28 Oktyabr
1 min.
Main Event Image

Beeline Business 12 oyga muddatli to‘lov asosida Samsung, Redmi va ZTE smartfonlarini xarid qilish imkonini beruvchi yangi Smartfon+Infinity korporativ tariflar to‘plamini taqdim etadi.

Taklif doirasida quyidagi modellar mavjud:
• Samsung Galaxy A57 8/256 GB
• Redmi Note 17 8/256 GB
• ZTE Blade A76 4/128 GB

Smartfon uchun oylik to‘lov — QQSsiz 101 390,83 so‘mdan boshlanadi.

Bo‘lib to‘lashni rasmiylashtirish uchun smartfon narxining 1/12 qismi miqdorida boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish kerak. Qolgan summa har oy teng qismlarda to‘lanadi.

Taklif keyingi to‘lov tizimidagi (PostPaid) yuridik shaxslar uchun mavjud bo‘lib, 2026-yil 25-dekabrgacha (shu kuni ham) amal qiladi.

Smartfon+Infinity — biznesingiz uchun korporativ aloqa va smartfon bir yechimda!