Bosh sahifa/Тип услуги/Название услуги

VoWiFi keyingi to‘lov tizimi uchun

Mobil va turg'un aloqalarining afzalliklari birgina qo'ng'iroqda mujassam.
Smartfoningizda Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroqlarni yoqing.

VoWiFi afzalliklari

Odatdagidek qo‘ng‘iroq qiling. Xizmat uchun yana bitta ilovani yuklab olish shart emas.
Qo‘shimcha to‘lov yo‘q. VoWiFi qo‘ng‘iroqlari - bu siz odatlangan qo‘ng‘iroqlardir.
Doim aloqada. Hatto mobil aloqa signali zaif bo‘lganda ham, siz WiFi orqali aloda bo'lasiz.

VoWiFi o‘zi nima?

VoWiFi yoki Voice over WiFi - bu WiFi tarmog’idagi internet orqali qo'ng'iroqlar qilish texnologiyasi.
Bu texnologiya bilan oddiy ovozli qo’ng’iroqlar WiFi tarmog’i orqali uzatiladi.

Texnologiya ishlashi uchun VoWiFi qo‘llaydigan smartfon va 4G SIM-kartasi (uSIM) kerak bo‘ladi.
Smartfoningizda VoWiFi sozlamasini yoqib raqamingizda xizmat ulanganini tekshirsangiz (yoki xizmatni faollashtirsangiz) kifoya.

Xizmat bepul va qo‘ng‘iroqlar narxiga ta’sir qilmaydi.

Shartlar

VoWiFi xizmati - Internet va VoLTE xizmatlariga ulangan  keyingi to‘lov tizimi abonentlariga taqdim etiladi.
Internet va VoLTE xizmatlari ulanmagan bo'lsa VoWiFi xizmati amal qilmaydi.
Raqamdagi SIM karta 4G qo'llashi kerak (uSIM / eSIM).
Smartfon VoWiFi qo'llashi va sozlamalar menyusida VoWiFi yoqilgan bo'lishi kerak.
VoWiFi M2M tariflarida: Business Terminal, Business Electronics, Business Tuner, Business Tracker, Business Bank, shuningdek BeeOffice1, BeeOffice2 ishlamaydi.
Internet xizmati o'chirilgan raqamlarda texnologiya faollashmaydi.
Agar “Korporativ VPN ulanish”, “Doimiy IP-manzil”, “IP bilan kirishni cheklash” xizmatlari ulangan boʻlsa, VoLTE ishlamaydi.

Ayni vaqtda turli bozorlar uchun ishlab chiqarilgan va turli xil dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan smartfonlar ko'pligi  hamda ularning dasturiy ta'minoti doimiy ravishda yangilanishini hisobga olgan holda aynan sizning smartfoningiz VoWiFi qo'llashi haqida ma'lumotni uning ishlab chiqaruvchisiga murojaat qilib aniqlashni tavsiya etamiz.
Shuningdek, telefonda dasturiy ta’minot yangilanganini tekshirish va zarur bo‘lsa, uni yangilashni maslahat beramiz.

Internet, VoLTE va VoWiFi xizmatlari bir vaqtda ulangan bo‘lishi kerak. Ulangan xizmatlarni ro‘yxatda ko‘rishingiz mumkin.
Telefon sozlamalarida VoWiFi yoqilgan bo‘lishi kerak.
Siz WiFi tarmog'iga ulangan bo‘lishingiz kerak.

Agar xizmatlar raqamingizda ulangan va telefon sozlangan bo‘lsa, tekshirish uchun istalgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz kifoya.
Qo‘ng‘iroq qilayotganda ekranda WiFi belgisi, ekranning yuqori qismida esa VoWiFi indikatori paydo bo‘ladi.

UzTelecom Wi-Fi tarmoqlari orqali VoWiFi xizmatidan foydalanganda cheklanishlar kuzatilishi mumkin.

VoWiFi xizmati roumingda amal qilmaydi.

Boshqa mobil aloqa operatorlaridan o‘tgan raqamlarda (mobil raqamni ko‘chirish) VoWiFi xizmati ishlamaydi.

VoWiFi xizmati mijozning murojaatiga binoan ulanadi.
Smartfonning sozlanishi modelga bog‘liq. Quyida biz eng ommabop smartfonlardagi sozlamalar variantlarini keltirdik.
VoWiFi mavjudligi va sozlash qadamlari ketma-ketligi smartfon modellariga qarab farq qilishi mumkin.

Apple: Sozlamalar → Uyali aloqa → Wi-Fi chaqiruvlari → Yoqish.
Samsung: Sozlamalar → Ulanishlar → Mobil tarmoqlar → Wi-Fi chaqiruvlari → Ulanish.
Samsung smartfonlarida dasturiy ta’minot yangilanishidan so'ng VoWiFi xizmati ishga tushishi kutilmoqda.
Xiaomi: Sozlamalar → SIM kartalar va mobil tarmoqlar → Wi-Fi orqali chaqiruvlar → Yoqish.
Quyida joylashgan "Tarmoq rejimi" bo'limida "Wi-Fi tarmoqni afzal ko‘rish"ni belgilab qo'ying.
Agar XIAOMI sozlamalarida VoWiFi ko'rinmasa *#*#869434#*#* kodini tering (kod terilgandan keyin "VoWiFi carrier check disabled" yozuvi paydo bo‘ladi)
HUAWEI: Sozlamalar → Mobil tarmoq → Mobil ma’lumot uzatish → Wi‐Fi chaqiruvlar → Ulanish.

Xizmat

VoWiFi keyingi to‘lov tizimi uchun