SMS-TARGETING
Maqsadli auditoriyangizga reklama xabarlarini yuboring.
SMS-targeting – bu yangi, samarali reklama vositasi bo'lib, u mijozlarning qiziqishlari, afzalliklari va xatti-harakatlarini hisobga olgan holda, potentsial mijozlarga maqsadli xabarlarni yuborishga imkon beradi.
Xizmat Big Data texnologiyalari asosida yaratilgan. SMS-targeting vositasi reklama beruvchilarga qulaylik yaratadi, axborot shovqinini va iste’molchilarning “banner ko‘rligi”ni kamaytiradi.
Bundan tashqari, xizmat marketing kommunikatsiyalari samaradorligini oshirish, reklama investitsiyalarini optimallashtirish va maqsadli auditoriya bilan yanada aniq yo‘naltirilgan muloqotni ta’minlash imkonini beradi.
Auditoriya segmentatsiyasi. Targetli jo‘natish vositasi kata hajimdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Ushbu ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash orqali obunachilarning turmush tarzi, geoma’lumotlari, qiziqishlari bo‘yicha qiziqish toifalari shakllantiriladi, bu esa xabarni aniq maqsadli auditoriyaga yuborish imkonini beradi.
Shaxsiylashtirish. Axborotning cheksiz oqimida mijoz shaxsiylashtirilgan taklifni eslab qolishining ehtimoli koʻproq. Bu auditoriya bilan “yaqinroq” aloqa oʻrnatishga va biznes uchun kerak boʻlgan mijozlarni jalb qilishga yordam beradi.
Bir zumda yetkazish. Tez SMS yetkazib berilishi – bir daqiqadan kam vaqt ichida – reklama beruvchining taklifi marketing xabarlari oqimida yo‘qolib qolmasligi ehtimolini oshiradi.
- Asosiy: yoshi, jinsi, bolalari borligi, daromadi
- Geo: mamlakat, shahar, supergeo
- Qiziqishlar
- Sahifaga tashrif buyurish: muayyan domenlarga tashrif buyurish
- Alfa nomlaridan SMS qabul qilish: alfa nomlari ro‘yxatidan SMS olgan foydalanuvchilar.
SMS-targeting qoʻllash sohalari cheklanmagan.
Xizmat barcha biznes sohalaridagi kompaniyalar uchun mos bo‘lib, turli vazifalar va maqsadli auditoriyalarga moslashtirilishi mumkin.
• HoReCa segmenti yangi filiallar, dolzarb tadbirlar, maxsus narx va mahsulot takliflari haqida aytib berish orqali tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi mumkin.
• Chakana savdo aksiyalarni eʼlon qilishi, tovarlarni xarid qilib ulgurmagan onlayn va oflayn mijozllar e’tiborini jalb qilishi, maʼlum vaqt va maʼlum filiallar boʻylab xaridlar haqida eslatma yuborishi mumkin.
• Banklar har bir foydalanuvchining qiziqishlari, turmush tarzi va boshqa ehtiyojlariga mos keladigan shaxsiy xizmatlarni taklif qilishlari mumkin.
Xabarlarning minimal soni – 5 000 ta.
Iltimos, murojaatingizni bigdata@beeline.uz elektron pochtasiga yuboring va biz Siz bilan bog‘lanamiz.