Internetda target reklama
Xizmat yordamida siz o'z mahsulotingiz xususiyatlari, geografiyasi va potentsial mijozlarning iste’molchilar afzalliklarini hisobga olgan holda xabarni ma’lum bir auditoriya segmentiga yetkazasiz.
Ushbu reklama formati VEON DSP, Facebook, Instagram, Google, Yandex kabi turli xil vositalar va reklama kanallaridan foydalanadi. Har bir vosita ichidagi standart sozlamalardan tashqari, biz Big Data asosidagi SI (sun’iy intellekt) yordamida biznesingiz uchun maxsus yaratilgan yuqori aniqlikdagi filtrlarni taklif qilamiz.
Reklama kampaniyasi natijasida mavjud mijozlarning maqsadli auditoriyasini qamrab olish va yangi, potentsial xaridorlar guruhini shakllantirish ortadi.
Aniqlik. Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash uchun biz mashinani o‘rganish va SIdan foydalanamiz. Maqsadli guruhni filtrlash internetdagi xatti-harakatlar (saytlarga tashrif buyurish, dasturlarni yuklab olish), mobil qurilmaning operatsion tizimi, jinsi, yoshi, bolalari borligi, ma’lumoti, uy-joy, avtomobil sotib olishga qiziqishi yoki boshqa xususiyatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tashqi reklama uchun qo‘llanilishi. Tarmoq abonentlarining yangi va aniq ma’lumotlari asosida iste’molchi xatti-harakatlarini matematik modellashtirish sizga reklama banneri yoki video rolikni faqat kerakli foydalanuvchilarga ko‘rsatish imkonini beradi.
Faqat namoyishlar uchun to‘lov. Kampaniyaning maqsadi, maqsadli auditoriyaga reklamani namoyish etish bo‘lsa, to‘lov reklama kampaniyasining davomiyligi uchun emas, balki faqat namoyishlar soni uchun amalga oshiriladi, bu esa reklama byudjetini yanada samarali sarflashga yordam beradi.
Xizmat Web va Mobile/App formatlaridagi video va banner reklamalarini joylashtirish imkonini beradi. Reklama maketlari uchun texnik talablar so‘rov bo‘yicha taqdim etiladi.
Vaqtini internetda o‘tkazadigan mijozlari bor har qanday biznes target reklamalarini internetga joylashtirishdan yaxshi natijalarga erishadi: do‘konlar, restoranlar, FMCG tovar ishlab chiqaruvchilari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sayyohlik kompaniyalari va aviakompaniyalar, elektronika va boshqa iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilari.
Biz bilan bigdata@beeline.uzelektron pochta orqali bog‘laning va biz vazifangizni tushunish uchun sizga qisqa so‘rovnoma yuboramiz. Shundan so'ng, target uchun maqsadli segmentni tayyorlab, sizga tijorat taklifini yuboramiz.