Muvaffaqiyatingizning 7 raqami
Manfaatli shartlarda oltin raqamga 100% chegirmaga ega bo'lishni istaysizmi? Unday bo’lsa «Muvaffaqiyatingizning 7 raqami» xizmati aynan siz uchun.
PostPaid to’lov tizimining korporativ tarif rejalaridan biriga ulanib, har qanday nominaldagi oltin raqamini tanlashingiz mumkin. Buning uchun qo'shimcha kelishuvni imzolagan holda, yillik xizmat ko’rsatish shartnomasini tuzishingiz kerak. Mobil aloqa xizmatlari uchun oylik hisobingiz kamida shartnomada ko'rsatilgan miqdorda bo'lishi kerak.
«Muvaffaqiyatingizning 7 raqami» xizmati uchun shartnoma imzolangandan so'ng, siz faqat bir nechta oddiy shartlarga rioya qilishingiz kerak:
- Shartnomani va / yoki qo'shimcha shartnomani belgilangan muddat ichida bekor qilmang.
- Shartnomani boshqa shaxs nomiga o’tkazmang.
- To’lov tizimini oldindan to’lov tizimiga o’zgartirmang.
- Aloqa xizmatlari to’lovlarini o’z vaqtida to'lang.
Agar Siz avvaldan korporativ mijoz bo'lsangiz, dasturda ishtirok etishingiz uchun siz bizning ofislarimizdan birida qo'shimcha bitim tuzishingiz kerak.
Agar siz endi bizning korporativ mijozimiz bo'lmoqchi bo'lsangiz, korporativ tarif rejalarning biriga ulanishingiz va «Muvaffaqiyatingizning 7 raqami» xizmati uchun shartnoma tuzishingiz kerak.
Xizmatdan «Mening kompaniyam», «Mobil Byudjet» va yakka tartibdagi tadbirkorlar abonentlaridan tashqari PostPaid to’lov tizimining barcha abonentlari foydalanishlari mumkin.
Kelishuv shartlari buzilgan holatda, operator, abonentga tanlangan oltin raqamning nominaliga binoan, to'lanmagan oyga mutanosib ravishda oltin raqamning narxini to’lov uchun hisobga kiritadi.
Abonent raqamining istalgan holati uchun minimal hisob olinadi.
Barcha narxlar QQS hisobga olinmagan holda ko'rsatilgan.