TAXI
- Cheksiz qo’ng’iroqlar*
- Internet25 GB / oy
- Cheksiz tungi internet
- SMS*500 sms / oy
“Perezagruzka” xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo‘yicha taqdim etiladigan daqiqa, SMS va GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
“Perezagruzka” xizmatining narxi har bir so‘rov uchun – 2 000 so‘m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va “Perezagruzka” xizmatning narxi – 2 000 so‘m bo‘lishi kerak.
“Perezagruzka” xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2 000 so‘m va tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechiladi. So‘ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa, GB va SMS paketlarining miqdori to‘liq hajmda beriladi.
“Perezagruzka” xizmati yoqilganidan so‘ng, tarif bo‘yicha avval taqdim etilgan GB, daqiqalar va SMS paketlarning qoldig‘i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Ulanish limiti: kuniga 1 marta.
Daqiqalar *106#
SMS *105#
MB *103#
Oylik abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar, daq. 0 so'm
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 200 so'm/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 200 so'm/SMS
Internet 150 so'm/MB
Xalqaro yo’nalishlarda chiquvchi qo’ng’iroqlarning narxi (1):
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2 000 so'm/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 2 000 so'm/daq.
Yevropaga 9 000 so'm/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 9 000 so'm/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 350 so'm/daq.
Amerika va Afrikaga 9 000 so'm/daq.
Avstraliyaga 9 000 so'm/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo'llash 1 000 so'm
Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so'm
Sputnik 2 – Inmarsat B, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so'm
Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so'm
Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so'm
Mahalliy SMS Paketi
Paket 100 SMS 4 210 so'm *110*13*01#
Paket 500 SMS 12 630 so'm *110*13*02#
Paket 1000 SMS 21 050 so'm *110*13*03#
Mahalliy SMS paketini o’chirish *110*13*4#
Xalqaro SMS Paketi
Paket 10 SMS 9 000 so'm *110*12*01#
Paket 20 SMS 17 000 so'm *110*12*02#
Paket 30 SMS 23 000 so'm *110*12*03#
Xalqaro SMS paketini o’chirish *110*12*4#
- Bir vaqtning o'zida, abonent har bir paket turidan bitta paketni ulashi mumkin, paketni almashtirish hollari bundan mustasno. Bu holda eski paketni o’chirish va so’ng yangisini yoqtirish lozim;
- Kelgusi oy tanlangan xizmatlar paketini qayta ulashingiz shart emas, ulangan paket avtomatik tarzda oydan oygacha to'liq hajmda taqdim etiladi;
- Ushbu paketni ulashda abonent to'lovi yechilishi va SMSlarning taqdim etilishi joriy oyning qolgan kunlariga mos holda amalga oshiriladi. Keyingi oydan abonent to'lovi to'liq yechiladi va SMS paket ham to'liq taqdim etiladi;
- Joriy oydagi SMS qoldiqlari muddati tugagandan so'ng kuyadi va keyingi oyga o'tmaydi.
Ushbu tarif rejadan "Lider" turkumidagi tariflarga o‘tish imkoniyati mavjud;
Boshqa tariflardan TAXI tarifiga o‘tish yopiq.
* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
Ushbu tarif rejaga ulanish vaqtida hisobda abonent to‘lovidan kam bo‘lmagan mablag‘ bo‘lishi zarur.
Yangi ulanganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi ulanish yoki tarifga o‘tish vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
Misollar:
Agar avvalgi to‘lov 15-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 15-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (15-sana har ikki oyda ham mavjud bo‘lgani uchun sana va vaqt to‘liq saqlanadi);
Agar avvalgi to‘lov 31-avgust kuni soat 15:43 da yechib olingan bo‘lsa, keyingisi 30-sentabr kuni soat 15:43 da yechib olinadi (sentabrda 31-sana bo‘lmagani uchun sana oyning oxirgi kuniga o‘tkaziladi, bunda 15:43 vaqti saqlanib qoladi).
Tarifga kiritilgan trafik qoldig‘i keyingi trafik bilan jamlanmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tganidan keyin bekor bo‘ladi.
Tarifga kiritilgan paket tugagandan so‘ng uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi.
Agar abonent balansida ijobiy qoldiq mavjud bo‘lsa-yu, oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi bir martalik tarzda yechib olinadi va tarifga kiritilgan oylik trafik hisoblanadi. Yetishmayotgan summa abonent balansida manfiy qiymat sifatida aks ettiriladi va abonent raqami nofaol holatga o‘tkaziladi. Balans to‘ldirilgandan va nofaol holatdan chiqqandan so‘ng abonent kiritilgan trafik paketidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Balans manfiy bo‘lganda, navbatdagi abonent to‘lovi yechib olinmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Shu bilan birga, abonent hisobni to‘ldirganda va bloklangan holatdan chiqqanda, hisobdan tarif bo‘yicha abonent to‘lovi yechib olinadi hamda daqiqalar, SMS va MB hisoblanadi.
Raqam ma’muriy bloklanganda, «Abonent xohishiga ko‘ra raqamni bloklash» xizmati uchun kunlik abonent to‘lovi yechib olinadi — kuniga 421 so‘m. Raqam blokdan chiqarilgandan so‘ng, faqat to‘lov sanasi kelganda tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi yechib olinadi va kiritilgan trafik paketi hisoblanadi. Bunda keyingi oylik abonent to‘lovi yechib olinadigan sana oxirgi to‘lov sanasidan boshlab 1 oyga suriladi. Bepul paketlarni taqdim etilishiga qadar qo’ng’iroq, SMS va MB tarif rejaga binoan narxlanadi.
Ushbu tarifga ulanish uchun haydovchilar quyidagi hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lishlari kerak:
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta);
yo‘lovchilarni shahar bo‘ylab yengil avtomobillarda tashish uchun litsenziya (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar) yoki ko‘rsatilgan faoliyat turi bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sertifikati: tovarni yetkazib berish;
yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda tashish, transport vositalarida yuk tashish;
litsenziya yoki sertifikatni taqdim etishda, tashkilotga mansubligini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi;
litsenziya va sertifikatning haqiqiyligi my.soliq.uz, infomintrans.uz saytlari orqali QR-kod yordamida tekshiriladi.
Ulanish sanasidan qat’iy nazar abonent to‘lovi to‘liq yechilib, tarifga kiritilgan trafik to‘liq taqdim etiladi.
Tarif bo‘yicha kiritilgan trafik paketi faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
Tarif rejalarda balans nolga teng yoki qarz holatida bo‘lganda ham, abonentlar barcha mobil raqamlardan qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar qabul qilishi mumkin.
O‘zbekistonning chegara hududlarida (Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Turkmaniston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag‘ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo‘limida "Beeline Uz" tarmog‘ini tanlab qo‘yib, telefon ekranida ko‘rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.
Qo‘ng‘iroq vaqtida qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi tomonida faksimil qurilma, raqamni aniqlash qurilmasi, avtomatik javob beruvchi qurilma, modem va shu kabi qurilmalarning ishga tushishi qo‘ng‘iroq qabul qilinganligini anglatadi.
Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini - 60 daqiqa etib belgilaydi.
Narxlar so‘mda, QQS hisobga olingan holda taqdim etilgan.