Lider Pro
tarifi Internet Control funksiyasi bilan
Postpaid
Parametrlari- O’zbekiston yo’nalishi bo’yicha kiritilgan daqiqalar *45 000 daq / oy
- O’zbekiston yo’nalishi bo’yicha kiritilgan SMS lar *2 500 sms / oy
- Kiritilgan GB to'plami120 GB / oy
“Internet Control” funksiyasi tarifga kiritilgan MB tugaganidan so‘ng internet xizmatini o‘chirib qo‘yish imkonini beradi. Internet xizmati oyning har 1-sanasida tiklanadi.
Mahalliy SMS narxi 42,1 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning narxi 84,2 so‘m/daq.
Boshqa yo‘nalishga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning narxi 126,3 so‘m/daq.
Xalqaro aloqa, chiqish qo'ng'iroqlari uchun daqiqa narxi (1):
Markaziy Osiyo (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston) 1 810,30 so'm/daq.
Boshqa MDH davlatlar 1 810,30 so'm/daq.
Yevropa 7 999,0 so'm/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya 7 999,0 so'm/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlari 8 967,3 so'm/daq.
Amerika, Afrika 7 999,0 so'm/daq.
Avstraliya 7 999,0 so'm/daq.
Bitta xalqaro SMS yuborish 842 so'm
Internet-paket 1 GB 8 841 so'm
Internet-paket 5 GB 21 892 so'm
Internet-paket 10 GB 34 943 so'm
Internet-paket 15 GB 43 784 so'm
Internet-paket 20 GB 52 204 so'm
Internet-paket 30 GB 65 255 so'm
Internet-paket 50 GB 78 306 so'm
Internet-paket 75 GB 95 988 so'm
Internet-paket 100 GB 122 090 so'm
Internet-paket 150 GB 139 351 so'm
- Qo‘shimcha internet-paket yoqtirilganda, paket narxi hisobdan to‘liq yechiladi;
- Paket ulangan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. 30 kundan keyin foydalanilmagan MBlar kuyadi;
- Abonent o‘z raqamiga har xil hajmdagi bir qancha paketlarni ulashi mumkin ;
- Bir xil hajmdagi paketni ulash faqat amal qilish muddati tugagandan so‘ng (ya’ni 30 kundan keyin) yoki operator paketni sistema orqali o‘chirib qo'yganidan so‘ng (agar megabayt tugagan bo‘lsa, ammo hali 30 kun o‘tmagan bo‘lsa) mumkin;
- Agar abonent bir vaqtning o‘zida bir necha internet-paketlarni ulagan bo‘lsa, u holda ularni sarflash tartibi ulanish sanasi va vaqti bilan belgilanadi (birinchi ulangan paket avval sarflanadi);
- Internet trafik tugaganda yoki paketning amal qilish muddati yakunlanganda, internet xizmati o‘chiriladi;
- Qolgan foydalanilmagan trafik tekshirilganda ma’lumot megabaytda ko‘rsatiladi;
- “Internet Control” xizmati yoqilganda “Lider” tarif rejalari turkumini ichida tarif almashtirilganda, yoqilgan paketlar saqlanib qoladi. Boshqa hollarda avtomatik tarzda o‘chiriladi;
- Agar oy tugaganda abonentda sotib olingan internet-paket bo‘yicha foydalanilmagan trafik bor bo‘lsa (hamda ushbu paketning 30 kunlik muddati hali yakunlanmagan bo‘lsa), u holda ushbu trafik keyingi oyga o‘tadi va birinchi navbatda sarflanadi;
- Paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
Ushbu tarif Postpaid to‘lov tizimidagi korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan.
- Avtomatik ravishda yoqilgan xizmatlar: mahalliy, xalqaro aloqa, avtomatik raqamni aniqlash, qo‘ng‘iroqlarni kutish, qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish, konferens aloqa, SMS, SMS to E-Mail, xalqaro SMS, Internet;
- Tarif rejada xalqaro aloqa xizmatini ulash depoziti narxi - 421000 so‘m;
- Barcha suhbatlar butun daqiqalargacha yaxlitlanadi, yaxlit daqiqadan o‘tganlari keyingilarigacha;
- Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlarga faqat Beeline O‘zbekiston tarmog‘i ichidagi qo‘ng‘iroqlar kiradi.
- Qo‘ng‘iroq vaqtida qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi tomonida faksimil qurilma, raqamni aniqlash qurilmasi, avtomatik javob beruvchi qurilma, modem va shu kabi qurilmalarning ishga tushishi qo‘ng‘iroq qabul qilinganligini anglatadi;
- Tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovining qiymati shu oyda foydalanilgan kunlarga yarasha hisoblanadi, xuddi shu tarzda SMS va daqiqalar miqdori taqdim etiladi. MBlar ulangan sanadan qat'iy nazar to‘liq taqdim etiladi. Keyingi oydan har oyning 1-sanasida taqdim etiladi. Mijoz xohishiga binoan raqam bloklanganda, blok holatida tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi olinmaydi va kiritilgan daqiqa, SMS va MB sarflanmaydi. Kredit limit oshirilishi tufayli yoki muntazam hisob to‘lanmaganligi tufayli raqam bloklanganda abonent to‘lovi to‘lanadi;
- Internet trafik tugaganda yoki paketning amal qilish muddati yakunlanganda, internet xizmati o‘chiriladi;
- Tarifda “Konstruktor” tarifi uchun mo'ljallangan SMS va daqiqalar paketlarni yoqish mumkin;
- Abonent to’lovining qiymati shu oyda foydalanilgan kunlarga yarasha hisoblanadi, xuddi shu tarzda daqiqalar, SMS va Mblar miqdori taqdim etiladi. Kredit limit oshirilishi tufayli yoki muntazam hisob to’lanmaganligi tufayli blok holatida abonent to’lovi to’lanadi. Mijozning yozma arizasiga binoan “Raqamni saqlash” xizmati yoqilganda tarif rejasi uchun abonent to‘lovi yechilmaydi va tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va MB paketlari bilan foydalanish imkoni bo‘lmaydi;
- Abonent oy davomida har bir guruhdan bir necha paketni yoqishi va almashtirishi mumkin; Paketlarni almashtirishda eski paketni o‘chirish, so‘ng yangisini yoqtirish lozim;
- Joriy oydagi daqiqa, SMS va MB qoldiqlari muddati tugagandan so‘ng kuyadi va keyingi oyga o‘tmaydi;
- Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini - 60 daqiqa etib belgilaydi;
- Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul va daqiqalar paketini sarf qilmaydi;
- Narxlar so‘mda, QQS hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.