Business Terminal
Avtosignalizatsiya, bank terminallari, Smart-soatlar va boshqa qurilmalar uchun maxsus tarif
Parametrlari- Internet Control funksiyasi
- Internet500 MB / oy
- SMS150 sms / oy
- O'zbekiston bo'ylab SMS paketi sarflangandan so'ng, 1ta SMS narxi42.1 so'm
Ushbu tarif rejasi yuridik shaxslarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish imkoniyati bilan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarni Postpaid hisob-kitob tizimi bilan ulash uchun mavjud.
“Internet Control” funksiyasi tarifga kiritilgan MB tugaganidan so‘ng internet xizmatini o‘chirib qo‘yish imkonini beradi. Internet xizmati oyning har 1-sanasida tiklanadi.
Qurilmalaringizning ehtiyojiga qarab 30 kunlik Internet-paketlar yoki Avtomatik uzaytiriladigan internet-paketlar ulashingiz mumkin.
Internet-paketlarni ulash uchun siz "Beeline Business" ofislarida yozma ariza yozishingiz yoki uni elektron pochtaga yuborishingiz kerak: 0628@beeline.uz
- Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi;
- Xalqaro SMS yuborish - 842 so'mni tashkil etadi;
- Tariflarda xalqaro qo'ng'iroqlardan foydalanish imkoniyati yopilgan;
- Tariflarda “Korporativ VPN-ulanish”, "Doimiy IP manzil", "Cheklangan kirish huquqiga ega IP", VPN-paketlarni, rouming xizmatlarini, CSD daqiqalarni faollashtirish imkoniyati mavjud emas;
- Tarif reja bo‘yicha abonent to‘lovining qiymati shu oyda foydalanilgan kunlarga yarasha hisoblanadi, xuddi shu tarzda SMS miqdori taqdim etiladi. MBlar ulangan sanadan qat'iy nazar to‘liq taqdim etiladi. Keyingi oydan har oyning 1-sanasida taqdim etiladi. Mijoz xohishiga binoan raqam bloklanganda, blok holatida tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi olinmaydi va kiritilgan SMS va MB sarflanmaydi. Kredit limit oshirilishi tufayli yoki muntazam hisob to‘lanmaganligi tufayli raqam bloklanganda abonent to‘lovi to‘lanadi;
- Internet trafik tugaganda yoki paketning amal qilish muddati yakunlanganda, internet xizmati o‘chiriladi;
- Joriy oydagi SMS va MB qoldiqlari muddati tugagandan so‘ng kuyadi va keyingi oyga o‘tmaydi;
- Narxlar so’mda, QQS hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.
