Kirish

Bosh sahifa/Xabarlar/Hurmatli mijozlar!

Hurmatli mijozlar!

15 Yanvar

Xabarlar
Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline

Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2025-yil 25-yanvardan boshlab oldindan to‘lov tizimi abonentlari uchun “Ishonchli to‘lov” xizmatining mavjud bo‘lgan minimal summasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritiladi:

O‘rtacha oylik xarajatlar
(3 oy davomida), so‘m

Mavjud minimal summa, so‘m

80 000 dan yuqori

35 000

40 000 dan 79 999 gacha

25 000

20 000 dan 39 999 gacha

20 000

10 000 dan 19 999 gacha

12 000

*141# kodini terib, qancha mablag‘ olishingiz mumkinligini bilib oling. Batafsil


Shuningdek, 2025-yil 30-yanvardan boshlab oldindan to‘lov tizimi abonentlari uchun “Xabardor bo‘l” qo‘shimcha xizmati pullik asosda taqdim etilishini ma’lum qilamiz. Sizga qulaylik yaratish uchun quyidagi ulanish variantlari mavjud bo‘ladi:

• Kunlik opsiya - kuniga 200 so‘m;
• Oylik opsiya - oyiga 5 000 so‘m.

E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu xizmatning bepul versiyasi 2025-yil 30-yanvardan boshlab barcha foydalanuvchilar uchun bekor qilinadi. “Xabardor bo‘l” xizmatidan foydalanishni davom ettirish uchun mijozlar yuqorida ko‘rsatilgan pullik opsiyalardan birini mustaqil ravishda tanlashlari va ulashlari kerak.

“Xabardor bo‘l” qo‘shimcha xizmatini taqdim etishdagi o‘zgarishlar “Status” tarif rejasidagi foydalanuvchilariga ta’sir qilmaydi. Ushbu tarifdagi mijozlar uchun xizmat ularning joriy tarif rejasi doirasida qo‘shimcha to‘lovlarsiz taqdim etilishda davom etadi.

Batafsil

Barcha yangiliklarga qaytish
Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin