
Elektron raqamli imzo yordamida internet-paketlarni ulash
Endi siz tashkilotingizning elektron raqamli imzosi (ERI) orqali “Shaxsiy kabinet”da internet-paketlarni osongina ulashingiz mumkin.
Bu kerakli xizmatlarni faollashtirish jarayonini ancha osonlashtiradi – endi xizmat ko‘rsatish markazi yoki ofisga murojaat qilishingiz shart emas.
Shunchaki “Shaxsiy kabinet”ga kirib, mos paketni tanlang va ulanishni ERI yordamida tasdiqlang.
Paketlarni mustaqil ravishda ulang, vaqtingizni tejang va xizmatlarni o‘zingizga qulay tarzda boshqaring!