Kirish

Bosh sahifa/Xabarlar/Beeline Business kompaniyalarni “Smart Call” bilan qo‘llab-quvvatlaydi

Beeline Business kompaniyalarni “Smart Call” bilan qo‘llab-quvvatlaydi

Xabarlar
12 Iyul
2 min.
Main Event Image

Raqamli operator korporativ mijozlar uchun yangi “Smart Call” xizmatini ishlab chiqdi, bu esa mijozlarni maxsus takliflar, to‘lov muddatlari va boshqa muhim hodisalar haqida tez va aniq xabardor qilishga yordam beradi.

Biznes uchun yangi “Smart Call” funksiyasi ko‘p sonli foydalanuvchilar va mijozlar uchun bildirishnomalarni optimallashtirish va kompaniyaning Call-markazi samaradorligini kuniga 60 000 ta qo‘ng‘iroqqacha amalga oshirish imkonini beradi.

Smart Call banklar va moliya tashkilotlari, kommunal xizmatlar va boshqa tuzilmalarga iste'molchilarni majburiy to‘lovlarni amalga oshirish muddatlari va boshqa muhim vaziyatlar haqida xabardor qilishda yordam beradi, shu bilan birga mijozlar bilan muloqot qilishga sarflanadigan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroq bir vaqtning o‘zida yuzlab mijozlarga ovozli xabar yuborish imkonini beradi. Foydalanuvchi mijozning call-markazga qayta qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘lgan variant qo‘llab-quvvatlanadi.

— Texnik jihatdan “Smart Call” xizmati ISIVR tizimi asosida amalga oshiriladi, ya’ni tayyor ovozli xabarlar tanlangan parametrlar bo‘yicha yuboriladi va xizmat ko‘rsatuvchi mijozning call-markaziga yo‘naltirilishi mumkin. Ishonchimiz komilki, bunday tizim savdo konvertatsiyasini oshirishga, aloqa markazlari hamda mijozlar va isteʼmolchilarga maʼlumot berish xizmatlari samaradorligini oshirishga yordam beradi”, — dedi Beeline Uzbekistan korporativ savdoni rivojlantirish boʻyicha direktori Dmitriy Fisenko. — Avtomatlashtirilgan qo‘ng‘iroqlar mijozlar bilan muloqot qilish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.

Kelajakda mijozning maqsadli auditoriyasiga qaratilgan xizmatni ham joriy etish rejalashtirilgan. “Aqlli qo‘ng‘iroq” funksiyasi yuridik shaxsning, ya’ni bunday ma’lumotlarni olishga rozilik bildirgan shaxslarning aloqa ma’lumotlar bazasiga oldindan yozib olingan xabarlarni jo‘natish avtomatlashtirilgan tizimiga asoslangan. Xizmatning batafsil tavsifi va Smart Call xizmatiga ulanish shartlari bilan Beeline Business rasmiy sahifasida tanishing.

Beeline
Ilovani ishlating

Shaxsiy kabinetda texnik ishlar olib borilmoqda, lekin siz bizning ilovamizdan foydalanishingiz mumkin